«Manchester Siti»dan ketganidan so‘ng erkin agent maqomida bo‘lib turgan angliyalik himoyachi Jon Stouns Milanning «Inter» klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Jurnalist bergan ma’lumotga ko‘ra, tomonlar ikki yillik mehnat shartnomasini kelishib olishgan. Tajribali angliyalik futbolchining «neradzurri» tarkibidagi yillik maoshi 4 million yevroni tashkil etadi. Yaqin orada Jon Milanda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
32 yoshli himoyachi 2016 yildan 2026 yilgacha «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan. APLning o‘tgan mavsumida Stounz bor-yo‘g‘i 9 ta o‘yinda maydonga tushib, golli harakatlar bilan ajralib turmagan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0