Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Nacho Fernandes Joze Mourinyoning jamoa boshqaruviga qaytishini qo‘llab-quvvatladi va portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» kelajagi uchun aynan kerakli shaxs ekanini ta’kidladi.
Marca gazetasiga bergan intervyusida «qaymoqranglilar» sobiq o‘yinchisi portugaliyalik murabbiy «Madrid» kiyinish xonasini boshqarish uchun ideal xarakterga ega ekanini alohida qayd etdi.
Bundan tashqari, Nacho murabbiyning eng katta fazilatlaridan biri sifatida uning yuqori yetakchilik qobiliyatini ko‘rsatib o‘tdi.
«Joze Mourinyo — «Real» uchun kerakli inson. U klubga ayni kerakli murabbiydir. Uning qo‘l ostida har bir futbolchi 100 foiz fidoyilik bilan harakat qiladi», — dedi ispaniyalik futbolchi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0