«Inter» Jon Stounz transferini yakunladi. «Manchester Siti»dagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng 32 yoshli angliyalik himoyachi erkin agent sifatida «neradzurrilar» safiga qo‘shilmoqda. U yiliga 4 million yevro maosh oladigan ikki yillik shartnomaga imzo chekadi. Manchester Evening News xabariga ko‘ra, «Inter» futbolchini 1 avgust, shanba kuni Gonkongda «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinidan oldinroq tanishtirishga harakat qiladi.
Jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng hozirda ta’tilda bo‘lgan Stounz «Siti»dagi sobiq jamoadoshi Manuel Akanji bilan yana bir jamoada birlashishga tayyorlanmoqda. Stouns «Yuventus», «Arsenal» va «Chelsi» tomonidan bo‘lgan takliflarga qaramay, «Inter»da o‘ynashni ma’qul ko‘rdi. Markaziy himoyachi Xitchens, Ins va Yangdan so‘ng «Inter» tarixidagi to‘rtinchi angliyalik futbolchiga aylanadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0