BBC Sport muxbiri Nizaar Kinsellaning xabar berishicha, «Chelsi» «Brayton» hujumchisi Denni Uelbekni o‘z safiga qo‘shib olish yo‘lida harakatlarni jadallashtirdi.
Xabarda aytilishicha, londonliklar Xabi Alonso jamoasiga tajribali hujumchi qo‘shishni maqsad qilgan va ushbu transfer bo‘yicha muzokaralar jadal sur’atlarda davom etmoqda.
«Chelsi» 35 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan, transfer rasman yakunlanishi uchun endilikda faqat ikki klub o‘rtasidagi kelishuv qolmoqda. Ushbu transfer «Chelsi»ning so‘nggi paytlarda asosan yosh futbolchilarni sotib olishga qaratilgan seleksiya strategiyasidagi o‘zgarishni anglatadi.
Uelbek 2025/26 yilgi mavsumda «Brayton» safida Premyer-liganing 37 ta o‘yinida 13 ta gol urib, faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazdi.
«Manchester Yunayted» va «Arsenal»ning sobiq forvardi 2020 yildan beri «Brayton» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0