Yan Diomandening «Leypsig»dan «Real»ga transferi so‘nggi soniyalarda barbod bo‘lishi mumkin. Tomonlar o‘rtasida moliyaviy masalalarda tushunmovchiliklar yuzaga keldi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Leypsig» Diomande uchun kamida 120 million yevro talab qilgan. Summaning katta qismi transfer amalga oshishi bilanoq to‘lanishi kerak. Kichik qismi esa bonuslarga ajratilishi mumkin.

So‘nggi muzokaralardagi asosiy muammo «Real» tomonidan taklif etilgan bonuslarning murakkab tizimi bo‘ldi, bu esa kelishuvga erishishni qiyinlashtirmoqda.

Manba: Stadion.uz