«Nyukasl» bosslari germaniyalik hujumchi Nik Voltemade bo‘yicha qaror qabul qilishdi. Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lumotlariga ko‘ra, «qarg‘alar» ushbu yozda 24 yoshli forvard bilan xayrlashish niyatida emas.
Jamoaning sport direktori Ross Uilson joriy transfer oynasida Voltemadening ketishiga taqiq qo‘ydi. Funksioner yangi mavsumda germaniyalik futbolchiga umid bog‘lamoqda.
Hujumchi o‘tgan yilning yozida «Shtutgart»dan Angliya klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Uning transferi «qarg‘alar»ga 85 million yevroga tushgan.
O‘tgan mavsumda Voltemade 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0