Zinedin Zidan Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani haqida fikr bildirdi.
54 yoshli mutaxassis JCH-2030 gacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekib, terma jamoani boshqardi. U ushbu lavozimda Didye Deshamning o‘rnini egalladi.
«So‘zimni barcha o‘t o‘chiruvchilarga qo‘llab-quvvatlashimni bildirishdan boshlamoqchiman, hozirda ko‘plab oilalar og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda (Fransiya va Ispaniyada o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash davom etmoqda, ikki mamlakatdan 300 000 dan ortiq kishi evakuasiya qilingan).
Bildirilgan ishonch uchun rahmat aytmoqchiman, bugun ertalab suhbatlashganimiz ijroiya qo‘mitaga va kundalik mehnati uchun Fransiya futbol federasiyasining barcha xodimlariga minnatdorchilik bildiraman.
Bugungi kun men uchun — orzuimning ro‘yobga chiqishi. To‘rt yoki besh yil davomida menda klublarni boshqarish bo‘yicha takliflar bo‘ldi, ammo Fransiya terma jamoasi uchun ularni rad etdim. Bu men shug‘ullanishni istagan yagona narsa edi. Buni bolaligimdan beri bilardim, yoshlar jamoasida boshlaganman va kattalar terma jamoasiga tushgunga qadar barcha bosqichlarni bosib o‘tganman.
Ushbu jamoa g‘alaba qozonishda davom etishi uchun bor kuchimni beraman, meni ruhlantiradigan yagona narsa shu», — dedi Zidan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0