OAV Chilining «Kolo-Kolo» klubi safiga o‘tgan darvozabon Vozinyaning maoshi qancha ekanini aniqladi.
Xabar qilinishicha, Vozinya oyiga 47 million Chili pesosi oladi — bu 49,8 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Taqqoslash uchun, «Kolo-Kolo»da o‘ynayotgan Arturo Vidal oyiga 120 ming AQSH dollari.
40 yoshli Vozinya Kabo-Verde terma jamoasi safida JCH-2026’dagi ajoyib ishtiroki bilan dong taratgan edi. Yozda 40 yoshli golkiperning Portugaliya ikkinchi divizionidagi «Shavish» klubi bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0