Daily Mail xabariga ko‘ra, «Arsenal»ning asosiy transfer nishoni bo‘lib turgan Vinisius Junior «Real»dagi kelajagi borasida shubhalar saqlanib qolayotgani sababli shu hafta jamoa mashg‘ulotlariga qaytmaydi.
Oldinroq «Real» shu hafta Vinisius Juniorning vakillari bilan uning kelajagi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu muzokaralar yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishga qaratiladi.
Joriy yozda o‘z chap qanotini kuchaytirishni maqsad qilgan «Arsenal» Vinisiusga qiziqish bildirmoqda va vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
Bosh murabbiy Joze Mourinyo braziliyalik futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi va klub uning yangi shartnomaga imzo chekishini istamoqda.
Biroq, uning amaldagi shartnomasi tugashiga so‘nggi bir yil qoldi va agar yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, «Real» uni keyingi yozda tekinga boy berishdan ko‘ra, sotishga tayyor bo‘lishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0