Taniqli italiyalik mutaxassis Roberto Manchini Italiya milliy terma jamoasini boshqarish bo‘yicha bildirilgan taklifga rozi bo‘ldi. Bu haqda federasiya ma’lum qildi.
Avvalroq Italiya terma jamoasi boshqaruviga kelishi kutilgan asosiy nomzodlardan biri — Andrea Pirlo Rossiya bukmekerlik kompaniyalari bilan aloqalari borligi sababli ushbu lavozimga tayinlanmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Shundan so‘ng e’tibor yana sobiq murabbiyga qaratildi.
Ma’lumot uchun, Roberto Manchini o‘zining uzoq yillik murabbiylik faoliyati davomida qator nufuzli klublar va terma jamoalarda ishlagan. Xususan, mutaxassis turli yillarda Italiyaning “Lasio”, “Fiorentina”, “Inter” (ikki marta) klublarida, shuningdek, xorijning “Manchester Siti” (Angliya), “Galatasaroy” (Turkiya), “Zenit” (Rossiya) va “As-Sadd” (Qatar) kabi jamoalarida faoliyat olib borgan. Bundan tashqari, u asosiy jamoaga qadar Italiyaning U-20 hamda U-21 yoshlar terma jamoalariga va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0