«Manchester Siti» markaziy yarim himoyachisi Rodri Ernandes bel sohasidagi operasiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Tegishli ma’lumot «shaharliklar»ning rasmiy saytida paydo bo‘ldi.
Press-xizmat bayonotida aytilishicha, Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo‘lgan futbolchi orqa sohasida noqulaylik his qilayotgan edi, shu sababli unga jarrohlik yordami talab etildi. Xabar qilinishicha, endi Rodri qisqa muddatli reabilitasiyaga kirishadi.
««Manchester Siti»dagi barcha Rodriga tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi», — deyiladi klub press-xizmati xabarida.
30 yoshli ispaniyalik futbolchi 2019 yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda Rodri 33 ta o‘yinda 2 ta gol muallifi bo‘lgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0