Dushan Vlaxovich «Beshiktash»ning taklifini hali qabul qilgani yo‘q va «Barselona»ga o‘tishga umid qilmoqda.

26 yoshli hujumchi «Yuventus»ni tark etgach, erkin agent maqomida turibdi. Marca xabariga ko‘ra, Turkiya klubi unga mavsum uchun 10 million yevrodan bir oz kamroq maosh va 5 million yevro miqdorida shartnoma imzolash bonusi taklif qilmoqda.

Futbolchi Istanbulga uchib borgan bo‘lsa-da, hozirgacha «oq-qoralar»ning taklifiga javob bergani yo‘q. Klub serbiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga bo‘lgan qiziqishini sekin-asta yo‘qotmoqda.

Ta’kidlanishicha, Vlaxovich «Barselona»ga o‘tishni xohlaydi — u Robert Levandovskining ketishi va Ferran Torresning ehtimoliy sotuvidan so‘ng Kataloniya klubidagi markaziy hujumchi pozisiyasini yopa olishiga ishonmoqda. Futbolchi «blaugrana» sport direktori Deku bilan uchrashib bo‘lgan.

Dushan «Barselona» unga «Beshiktash» kabi katta maosh to‘lay olmasligini tushunadi, ammo baribir aynan ushbu jamoaga qo‘shilishni istamoqda.

Manba: Stadion.uz