«PSJ» prezidenti Nasser Al-Xelayfi Yan Diomandeni ilib ketgani uchun «Real»dan qasos olish maqsadida Rodrini o‘z klubiga o‘tkazmoqchi, deb xabar bermoqda As.

Parijliklar rahbari ivuarlik futbolchining transferini deyarli hal bo‘lgan deb hisoblagan edi, biroq «Leypsig» vingeri «Real»dan taklif tushganidan so‘ng «PSJ»ga o‘tishni rad etdi.

Ta’kidlanishicha, o‘sha paytdan beri Al-Xelayfi revansh olish ishtiyoqida va Luis Enrike boshchiligidagi murabbiylar shtabi bu haqda nima deb o‘ylashidan qat’i nazar, Rodrini har qanday evaziga sotib olishga qaror qilgan. Nasserning tanlovi «Real»ning «Man Siti» futbolchisiga bo‘lgan qiziqishi fonida aynan ispaniyalik yarim himoyachiga tushgan.

Shunga qaramay, futbolchining o‘zi uchun asosiy prioritet La Ligaga qaytish bo‘lib qolmoqda.

Manba: Stadion.uz