«Real» 2025/26 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha rekord darajadagi moliyaviy ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.
Klubning o‘tgan mavsumdagi operasion daromadlari o‘tgan davrga nisbatan 3,1% ga o‘sib, sport klublari uchun rekord darajadagi 1,221 mlrd yevroga yetdi.
EBITDA ko‘rsatkichi (foizlar, soliqlar va amortizasiya chegirilgunga qadar olingan foyda) 18% ga o‘sib, 287,4 mln yevroni tashkil etdi (+18%), bu klub tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Soliqlar to‘langanidan keyingi sof foyda 26 mln yevroni tashkil etdi — bu o‘tgan yilgidan 8% ga ko‘p.
Qayd etilishicha, stadiondan tushgan daromadlar o‘tgan yilga nisbatan 11% ga, marketing daromadlari esa 6% ga oshgan.
2018/19 yilgi mavsumdan beri «Real»ning umumiy tushumi 61% ga o‘sdi. Shu bilan birga, stadiondan olinadigan daromadlar «Santyago Bernabeu» rekonstruksiyasi boshlangunga qadar bo‘lgan 2018/19 yilgi mavsumga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa — 107% ga oshdi (stadion qayta qurilishining qiymati 1,407 mlrd yevroga baholanmoqda).
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0