Yarim og‘ir va og‘ir vazn toifalarida sobiq UFC chempioni, 38 yoshli amerikalik Djon Djons zamonaviy futboldagi eng yaxshi o‘yinchi — Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi degan bahslar bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
— Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi?
— Em… Messi. Faqatgina u AQSHda o‘ynayotgani uchun, — dedi Djons ALG Global YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
«Suyak» laqabli jangchi 2008 yildan 2024 yilgacha professional darajada ishtirok etgan. Uning hisobida 28 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat bor va yana bir jangi o‘tkazilmagan deb topilgan. Djon Djons ko‘plab tahlilchilar tomonidan aralash jang san’ati (MMA) tarixidagi eng buyuk jangchi sifatida tan olinadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0