Angliyaning «Liverpul» klubi va Adidas kompaniyasi jamoaning 2026/2027 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi safar libosini taqdim etdi. Bu haqda mersisaydliklar klubining rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi dizayn «Liverpul»ning 1980-yillar o‘rtalaridagi safar liboslaridan ilhomlangan.
Yangi futbolka oq rangda ishlangan bo‘lib, u qizil rangli elementlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Matoda «Enfild» stadionidagi eski uchrashuv chiptalari elementlaridan tashkil topgan yarim shaffof naqsh aks etgan. Ushbu libos qizil short va oq getrlar bilan to‘ldiriladi.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasini turnir jadvalida beshinchi o‘rinda yakunlagan.

Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0