Madridning «Real» klubi Ispaniya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. «Qirollik klubi» tajribali xavbek uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda mashhur jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Real» prezidenti Florentino Peres ushbu transferni amalga oshirishga rozilik bergan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» o‘tgan mavsumda birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmadi. Jamoa La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi, Ispaniya Kubogida 1/8 finalgacha, Chempionlar ligasida esa chorak finalgacha yetib bordi. Ispaniya Superkubogida esa kumush medallar bilan cheklandi.

Rodri 2025/2026 yilgi mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi bilan 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Manba: Stadion.uz