Birmingemning «Aston Villa» klubi va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martinesning Turinning «Yuventus» klubiga transferi amalga oshmay qolishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar jarayoni to‘xtatib qo‘yilgan. Bunga Angliya tomonining juda yuqori moliyaviy talablari sabab bo‘lgan.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida 33 yoshli argentinalik darvozabon «Aston Villa» safida 32 ta o‘yinda maydonga tushgan. Martines o‘z darvozasidan 39 ta to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, 8 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0