Madridning «Real» klubiga tegishli bo‘lgan ispaniyalik yarim himoyachi Sesar Palasios tumanli Albionga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Marca gazetasi xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining transferiga klubning sobiq ustozi Alvaro Arbeloa boshchilik qilayotgan Londonning «Fulxem» klubi qiziqish bildirmoqda.

Palasiosning Madrid grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati kelasi yilning yozida tugaydi.

2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi Ispaniya chempionatining beshta o‘yinida maydonga tushgan va mahsuldor harakatlar bilan ajralib turmagan.

APLning o‘tgan mavsumida «Fulxem» 11-o‘rinni egallagan edi.

Manba: Stadion.uz