«Barselona» vingeri Rafinya Dias tez orada jamoa bilan birga yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

The Touchline xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi Jahon chempionatida olgan sonning orqa mushagi jarohatidan so‘ng shu haftadayoq «ko‘k-anorranglilar» ixtiyoriga qaytishi kerak. Braziliyalik futbolchi tiklanish jarayonini yakunlamoqda va tez orada Angliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida jamoaga qo‘shiladi.

Murabbiy Xans-Diter Flik hali ham Rafinyani hujumdagi asosiy figura deb hisoblaydi. Nemis mutaxassisi futbolchi umumiy guruhda mavsumga to‘liq tayyorgarlik ko‘ra olishiga umid qilmoqda. Kataloniya klubi turli mish-mishlarga qaramay, o‘z yulduzini sotish niyatida emas.

Manba: Stadion.uz