«Yuventus» hujumchisi Lua Openda faoliyatini Fransiyaning «Lion» klubida davom ettiradi.
26 yoshli belgiyalik futbolchining transferi haqida «Lion» klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Openda «Lion»ga bir mavsumlik ijara asosida o‘tdi. Fransuz klubi ushbu ijara uchun 3,5 million yevro to‘laydi.
Taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi nazarda tutilmagan. Shuningdek, Opendaning oylik maoshini to‘liq «Lion» o‘z zimmasiga oladi.
O‘tgan mavsumda Lua Openda «Yuventus» safida barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, atigi 2 ta gol urgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0