«Milan» «Trua» himoyachisi bilan shartnoma imzoladi.
«Milan» Sankun Diavaraning transferini e’lon qildi. 20 yoshli himoyachi Italiya klubiga «Trua»dan ko‘chib o‘tdi va uzaytirish imkoniyati bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Avvalroq bitim summasi 2 million yevroni tashkil etishi xabar qilingan edi.
O‘tgan mavsumda fransiyalik futbolchi Liga 2 da 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0