Fransiya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi qanot himoyachisi Teo Ernandes Yevropaga qaytishi mumkin.
Tuttosport xabariga ko‘ra, futbolchining agenti uning xizmatlarini A Seriyaning ikki klubi — «Yuventus» va «Napoli»ga taklif qilgan. Ernandesning o‘zi Italiya chempionatiga qaytishga tayyor, «Al-Hilol» esa maqbul summa evaziga futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas.
Teo Ernandes o‘tgan yozda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan edi. «Al-Hilol» tarkibida himoyachi barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ar-Riyodga ko‘chib o‘tguniga qadar Ernandes olti yil davomida «Milan» sharafini himoya qilgan.
Nufuzli Transfermarkt portali 28 yoshli fransiyalik futbolchini 20 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0