«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Valeryen Ismael myunxenliklar safida «Tottenxem»ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porroni ko‘rishni xohlashini bildirdi.
26 yoshli futbolchi yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatib, Ispaniya terma jamoasiga mundialda g‘olib chiqishga yordam bergan edi.
«Porro «Bavariya» uchun fantastik xarid bo‘lar edi. Bunday saviyadagi qanot himoyachilarini topish juda qiyin. Porro — qat’iyatli, himoyadagi yakkakurashlarda kuchli, shu bilan birga tezkor va hamisha hujumda xavf tug‘dira oladi. Unda barcha zarur sifatlar mujassam. Menimcha, u Vensan Kompani jamoasiga ideal darajada mos tushgan bo‘lardi», — dedi Ismael Sport Bild nashriga bergan intervyusida.
Pedro Porroning transfer qiymati Transfermarkt ekspertlari tomonidan 45 million yevroga baholanmoqda. Ispaniyalik futbolchiga «Barselona» va Madridning «Real» klublari tomonidan ham qiziqish borligi xabar qilingan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0