Hujumchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolmoqda.
Manbalarning xabariga ko‘ra, Londonning «Arsenal» klubi «Real» hujumchisi Vinisius Junior bilan shartnoma imzolay olmasligiga ishonchi komil. Avvalroq «kanonirlar» agar forvard «slivochnie» bilan shartnomani uzaytirmasa, ushbu variantni ko‘rib chiqishni rejalashtirgan edi.
Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda «Arsenal» transferni amalga oshirish imkoniyatlarini juda past deb baholamoqda. Ingliz klubi Vinisiusning «Real» bilan yangi shartnoma imzolashini kutmoqda.
Vinisius Junior «Real»ga 2018 yilda «Flamengo»dan ko‘chib o‘tgan edi. Madrid klubi tarkibida hujumchi ikki marta Chempionlar Ligasida va uch marta Ispaniya chempionatida g‘alaba qozongan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0