Edin Jeko «Shalke» safida yana bir mavsum o‘tkazadi.

Gelzenkirxen klubi 40 yoshli hujumchi bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bosniyalik futbolchi aynan shu jamoada o‘tkazgan o‘tgan mavsum yakunida erkin agentga aylangan edi.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Shalke» Ikkinchi Bundesliga turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab, Germaniyaning oliy divizioniga qaytdi. Jeko chempionat doirasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga erishdi.

Manba: Stadion.uz