«Manchester Siti» «Lill»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Ayyub Buaddi transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy tomonga siljimoqda va «Man Siti»da bitim muvaffaqiyatli yakunlanishiga bo‘lgan optimizm ortib bormoqda. «Shaharliklar» yaqin kunlarda Buaddi bilan shartnoma imzolashlariga ishonchlari komil.
Xabar qilinishicha, marokashlik futbolchi «Manchester Siti»ga shu yozda ham, 2027 yilda ham qo‘shilishi mumkin — vaziyat, jumladan, «Real» qiziqayotgan Rodrining kelajagiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0