Kerim Alaybegovich «Yuventus»ga o‘tmoqda.
Turin klubi 18 yoshli vingerning transferi bo‘yicha «Bayer» bilan kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Sky Sport jurnalisti Patrik Berger.
Bitim summasi 33 million yevroni tashkil etadi va bonuslar hisobiga 40 million yevrogacha oshishi mumkin.
Bosniya va Gersegovina terma jamoasi futbolchisiga «Chelsi» ham qiziqish bildirgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0