«Inter» markaziy himoyachi Yann-Aurel Bissekning keyingi faoliyatiga oid rasmiy bayonot berdi. «Neradzurri» matbuot xizmati germaniyalik futbolchi Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirganini ma’lum qildi. Bissekning «Inter» bilan yangi mehnat bitimi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Himoyachi 2023 yildan beri Italiyada to‘p surib kelmoqda. Milan jamoasi tarkibida u ikki marta A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsumda 25 yoshli Bissek «Inter» safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatining yangi mavsumi 22 avgust kuni start oladi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0