Superog‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik nima uchun professional sportni tark etishdan qo‘rqishini so‘zlab berdi.
«Pul endi ishlamaydi, u shunchaki meros. Sport — bu muammo, bu xuddi giyohvandlik kabi qaramlikdir. Hozir tushunyapmanki, katta sportda menga maksimal darajada yana bir-ikki yil qoldi», — dedi Usik Boxing King Media YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Ukrainalik bokschining professional ringdagi rekordi 25 ta g‘alabadan iborat bo‘lib, ularning 16 tasi muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan, mag‘lubiyatlari esa yo‘q. Aleksandr Usik profi boksdagi debyutini 2013 yilning noyabr oyida o‘tkazgan. Shuningdek, u 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni hisoblanadi
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0