Fransiya terma jamoasi Zinedin Zidan bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng o‘z emblemasini yangiladi.

Emblema markazida mamlakat ramzi hisoblangan gall xo‘rozchasi saqlanib qoldi. Shuningdek, tarixda ilk bor logotipda «France» (Fransiya) yozuvi paydo bo‘ldi, FFF (Fransiya futbol federasiyasi) abbreviaturasi esa kichraytirildi.

Kuni kecha Zidan FFF bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagani rasman e’lon qilingan edi. Ushbu lavozimda u 2012 yildan beri Fransiya terma jamoasini boshqarib kelayotgan Didye Deshamning o‘rnini egalladi.

Manba: Stadion.uz