Rodri va «Real» shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olishdi.

«Real» Rodri transferi bo‘yicha sezilarli ilgarilashga erishdi. Matteo Moretto Radio Marca efirida ma’lum qilishicha, madridliklar «Manchester Siti» yarim himoyachisi bilan shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olgan. Bu «shaharliklar» bilan olib boriladigan muzokaralarda Madrid klubiga salmoqli ustunlik berishi kutilmoqda.

Rodri Madridga o‘tishni qat’iy maqsad qilgan va Ispaniya klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan allaqachon suhbatlashishga ulgurgan.

Manba: Stadion.uz