«Real» himoyachisi Ferlan Mendi yana Fransiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin.
L’Equipe ma’lumotlariga ko‘ra, «uchranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan agar futbolchi o‘zining eng yaxshi sport formasiga qayta olsa, uni milliy termaga chaqirishga tayyor. Zidan Mendining iste’dodini juda yuqori baholaydi va uni Fransiya terma jamoasining asosiy chap himoyachisiga aylantirishni niyat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ferlan Mendi «Real»da Zinedin Zidan qo‘l ostida to‘p surgan. Himoyachi oxirgi marta Fransiya terma jamoasi libosida 2024 yilning iyun oyida Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan edi. Umuman olganda, u milliy terma jamoa safida 10 ta o‘yin o‘tkazgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0