19 yoshli Viktor Valdepenyas faoliyatini Italiyaning «Fiorentina» klubida davom ettiradi. O‘tish jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo tomonidan ma’qullangani qayd etilgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, «Fiorentina» Valdepenyas uchun 8 million yevro to‘laydi. Yaqin ikki kun ichida futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Florensiyaga yetib kelishi kerak.
Shu bilan birga, shartnoma shartlariga ko‘ra, «Real» futbolchining keyingi sotuvidan 50 foiz ulush oladi. Bundan tashqari, madridliklar uch mavsum davomida uni 10–12 million yevro evaziga qayta sotib olish opsiyasidan foydalanishlari mumkin. «Fiorentina» Valdepenyas bilan 5 yillik bitim imzolashni rejalashtirmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0