«Chelsi» vingeri Pedru Netu faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin.
TribalFootball ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» portugaliyalik futbolchini «Tottenxem»ga o‘tishga yaqin turgan Savioga potensial o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Braziliyalik vingerning ehtimoliy transfer summasi taxminan 60 million funt sterlingni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, «Chelsi» Pedru Netuni sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Pedru Netu 2024 yilda «Vulverxempton»dan «Chelsi»ga 60 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda vinger «ko‘klar» safida barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Pedru Netuning transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0