Avvalroq «Xorazm» sport majmuasida Prezident qarorida belgilangan integrasiyalashgan kabellashtirish ishlari to‘liq yakunlangani haqida xabar berilgan edi.
28 iyul kuni Professional futbol ligasi mutaxassislari Xorazmdagi stadionda bo‘lib, amalga oshirilgan loyiha yuzasidan yakuniy tekshiruv o‘tkazdi va integrasiyalashgan kabellashtirish ishlarini rasman qabul qilib oldi.
Endilikda «Xorazm» sport majmuasida markazlashtirilgan VAR tizimidan foydalanish hamda xalqaro standartlar asosida televizion translyasiyalarni amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0