"Bornmut" hujumchisi Eli Junior Krupi oyog‘idan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi va uch-to‘rt oy davomida maydonga tusha olmasligi kutilmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
20 yoshli futbolchi "Bornmut"ning Avstriyaga mavsumoldi safari paytida jarohat oldi va davolanish uchun Angliyaga qaytdi.
Jarrohlik amaliyoti chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Uning oktyabr yoki noyabrgacha safga qaytishi ehtimoli kam.
Krupi bu yozda bir qator klublar, jumladan, "Arsenal", "Barselona", "Tottenxem", "Bavariya", "Chelsi" va "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgandi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0