Himoyachi Djosh Achimpong bu yozda "Chelsi"ni tark etmaydi.

Jurnalist Saymon Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, London klubi Achimpongni "ko‘klar" akademiyasining ajoyib tarbiyalanuvchisi deb hisoblaydi. Shu sababli, "Chelsi" o‘z akademiya bitiruvchisini qo‘yib yubormaydi. Jamoa murabbiylar shtabi kelgusi mavsumda yosh futbolchini ko‘proq maydonga tushirish niyatida.

Djosh Achimpong - "Chelsi" akademiyasining tarbiyalanuvchisi. Uning "ko‘klar" bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda himoyachi London klubi safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. Transfermarkt Achimpongning qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz