"Bornmut" yarim himoyachisi Tayler Adams bu yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.
TalkSPORT xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" amerikalik futbolchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Adams "Qizil iblislar" yarim himoyasini kuchaytirish uchun yetakchi nomzodga aylandi. "Manchester Yunayted" futbolchi uchun 35 million funt sterling taklif qilishga tayyor, ammo "Bornmut" yarim himoyachisini bu summaga sotishga rozi bo‘lishi ehtimoldan yiroq.
Tayler Adams "Bornmut"ga 2023 yilda "Lids"dan 26 million yevro evaziga ko‘chib o‘tganli. Uning "giloslar" bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi klub safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va ikkita golli uzatma bergan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0