Hujumchi Ferran Torres bu yozda "Barselona"da qolish ehtimoli yuqori.

Jurnalist Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniya klubi hujumchini qo‘yib yubormaydi, chunki "ko‘k-anorranglilar"da uning o‘rnini bosadigan futbolchi yo‘q. Futbolchining o‘zi "Barselona"da baxtli, ammo 2027 yil yozida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Ayni paytda, "Atletiko" va "PSJ" Torresni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Ferran Torres 2022 yilda "Manchester Siti"dan "Barselona"ga 55 million yevro evaziga qo‘shilgan. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda hujumchi "Blaugrana" safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va uchta golli uzatma bergan.

Manba: Stadion.uz