FIFA Angliyaga qarshi o‘yindan keyin milliy terma jamoa o‘yinchilari tomonidan ko‘tarilgan Folklend orollari haqidagi banner tufayli Argentina futbol assosiasiyasiga (AFA) qarshi intizomiy ish qo‘zg‘atdi.

Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Argentina 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Final hushtagidan so‘ng, argentinalik futbolchilar o‘z g‘alabalarini "Malvinas orollari argentinaliklarga tegishli" yozuvli banner bilan nishonlashdi. Muxlislar tomonidan stadionga olib kirilgan bannerni himoyachi Lisandro Martines yig‘ib oldi va Jovanni Lo Chelso uni argentinalik muxlislar oldida jarima maydonchasi yaqinida ochdi.

Boshqa mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar, jumladan, kamsitish, irqchi haqoratlar va muxlislar tomonidan narsalar uloqtirish ham tekshiriladi.

Manba: Stadion.uz