Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, ikki ispan grandi o'yinchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.
"Bu sizni hayron qoldirishi mumkin, biroq shunga kafolat beramanki, o'tgan yozda mavsumoldi tayyorgarligining birinchi qismida Ispaniya top-klublari - "Barselona" va "Real" Keyn bilan bog'lanishgan.
Javob esa doim bir xil bo'lgan: "Rahmat, lekin biz "Bavariya" bilan tuzilgan shartnomamizga e'tibor qaratganmiz". Hech qanday muzokaralar bo'lmadi, chunki Keyn "Bavariya"ga sodiq qolishga qaror qildi", - dedi Romano o'zining YouTube-kanalidagi ko'rsatuvda.
Fikrlar 0