"Yuventus" Zion Suzuki uchun kurashda g‘alaba qozona olishiga ishonadi.

Darvozabon bu yozda "Parma"ni tark etishi mumkin va Turin klubi asosiy da’vogarlar qatorida, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport. "Byankonerlar" rahbariyati futbolchini ham, uning jamoasini ham kelishuvga erishishga ko‘ndira olishlariga ishonadi. Ikkala tomon ham doimiy aloqada.

"Yuventus"ning asosiy raqiblaridan biri "PSJ". Parijliklar "Parma"ning 30 million yevrolik narxini to‘lashda muammoga duch kelmasalar-da, Turin klubidan farqli o‘laroq, yaponiyalik futbolchiga asosiy o‘rinni kafolatlashlari ehtimoldan yiroq. Fransiya klubi Suzukini sotib olib, uni ijaraga berishi mumkin.

Manba: Stadion.uz