Londonning «Arsenal» klubi «Real» vingeri Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyati juda past deb hisoblamoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Avvalroq Angliya klubi madridliklar bilan 2027 yil 30 iyungacha amal qiladigan shartnomasini hali uzaytirmagan braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirgani ma’lum bo‘lgan edi. Shuningdek, Vinisius «Arsenal»ning yozgi transferlar bozoridagi asosiy maqsadi ekani va bosh murabbiy Mikel Arteta uni jamoaga olib kelish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Marca nashrining «Arsenal»dagi manbalariga tayanib yozishicha, «to‘pchilar» bu transferni amalga oshirish imkoniyatini juda past baholamoqda. Klubdagilar Vinisius yaqin orada «Real» bilan yangi shartnoma imzolaydi, deb hisoblamoqda.
O‘tgan mavsumda braziliyalik hujumchi barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Vinisiusning bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0