«Inter» prezidenti Juzeppe Marotta Italiya chempionatining hozirgi holati haqida fikr bildirib, A seriyani yana jahon futbolining yetakchi ligalari qatoriga qaytarish bo‘yicha o‘z g‘oyasini aytdi.
«1980 va 1990-yillarda A seriya jahon futboli uchun namuna edi. Bugun esa kuchlar nisbati o‘zgardi va iqtisodiy tafovut yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Biz bu orqada qolishni ortiqcha xarajatlar bilan bartaraf etishga umid qila olmaymiz. Bizning javobimiz boshqacha bo‘lishi kerak — ijodkorlik, malaka va motivasiya. Kim eng ko‘p mablag‘ sarflasa, o‘sha g‘alaba qozonadi, degan tushuncha sport ruhiga zid. Raqobat qadriyatlarga tayangan tizimni shakllantirish, shuningdek, rahbariyat, murabbiylar, texnik xodimlar va futbolchilarning mehnatini rag‘batlantirish orqali bo‘lishi lozim», — dedi Marotta. Uning so‘zlarini Il Globo keltirgan.
Hozirgi vaqtda A seriya Yevropa klublari musobaqalaridagi so‘nggi besh yillik natijalar asosida tuzilgan UEFA reytingining ikkinchi pog‘onasini egallab turibdi. Ushbu reytingda birinchi o‘rin Angliya Premyer-ligasiga tegishli.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0