Change.org platformasi foydalanuvchilari Lionel Messiga sport sohasidagi «Asturiya malikasi» mukofotini berish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqish talabi bilan Asturiya malikasi jamg‘armasiga murojaat etuvchi qariyb 30 ta petisiya yaratdi. Bu haqda COPE xabar berdi.
Petisiya mualliflari Argentina terma jamoasi sardoriga berilgan mukofotni bekor qilish, qaytarib olish yoki ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.
Mazkur petisiyalar Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi 2026 yilgi jahon chempionati finalidan keyin paydo bo‘lgan. Ularning mualliflari Messining musobaqa davomidagi xatti-harakatlarini «sport ruhiga zid va o‘zaro hurmat qadriyatlariga mos kelmaydi» deb hisoblamoqda.
Murojaatlarda argentinalik yulduzning Ispaniya qo‘shimcha vaqtda Ferran Torresning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozongan final uchrashuvidagi munosabati, shuningdek, taqdirlash marosimidagi xulq-atvori tilga olingan.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar Argentina delegasiyasining ayrim vakillari kubokni topshirish marosimidagi harakatlari hamda o‘yindan keyin sodir bo‘lgan ayrim holatlarga ham e’tibor qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2026 yil 3 iyun kuni sport sohasidagi «Asturiya malikasi» mukofoti sohibi deb e’lon qilingan edi. Hakamlar hay’ati uning boy sport faoliyati, xayriya ishlaridagi ishtiroki, maydondagi namunaviy xulqi, kamtarligi va jamoaviy o‘yinga sadoqatini alohida e’tirof etgan. Mukofotni rasman topshirish marosimi oktyabr oyiga rejalashtirilgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0