Braziliya Futbol Konfederasiyasi hujumchi Neymarning milliy terma jamoa bilan xayrlashuv o‘yinini tashkil qilish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb xabar beradi O'Globo.

Manbaga ko‘ra, tashabbus hozircha dastlabki muhokama bosqichida.

Avvalroq, 34 yoshli Neymar Braziliya terma jamoasidan ketishini e’lon qilgan edi. Uning milliy terma jamoa safidagi birinchi o‘yini 2010-yilda bo‘lib o‘tgan. U milliy terma jamoa safida barcha musobaqalarda 130 ta o‘yin o‘tkazgan, 80 ta gol urgan va 59 ta golli uzatma bergan. 34 yoshli futbolchi Selesao tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Braziliya terma jamoasi bilan Neymar 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari oltin medalini va 2021-yilgi Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, 2013-yilgi Konfederasiyalar Kubogida g‘alaba qozongan.

2026-yilgi Jahon chempionatida Neymar 2ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va 1ta gol kiritdi. U maydonda jami atigi 38 daqiqa vaqt o‘tkazdi.

Manba: Stadion.uz