«PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muani «Yuventus»ga qaytmoqda. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng «keksa sinyora» parijliklar bilan po‘latdek kelishuvga erishdi, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Turinliklar 27 yoshli fransuz futbolchisini 4 million yevro evaziga ijaraga oladi. Shartnomada 46 million yevroga keyinchalik sotib olish majburiyati ko‘zda tutilgan bo‘lib, undan 12 million yevrosi mumkin bo‘lgan bonuslardir. Majburiyat 2026/27 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra jamoa yevrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kiriggan taqdirda kuchga kiradi.
Kolo-Muanining «Yuventus» bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallanadi. Eslatib o‘tamiz, fransuz hujumchisi ilgari 2025 yilning birinchi yarmida «byankoneri» sharafini himoya qilgan, o‘tgan mavsumni esa «Tottenxem»da ijarada o‘tkazgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0