«Barselona» futbolchisi Karim Adeyemi o‘zining bosh maqsadi va orzusi haqida so‘zlab berdi. Germaniyalik vinger o‘tgan hafta Dortmundning «Borussiya» klubidan «ko‘k-anorranglilar» safiga kelib qo‘shilgan edi. Kataloniya grandining yangi vakili yangi jamoasi bilan Chempionlar ligasida zafar quchishiga ishonishini bildirdi.

– «Borussiya» bilan finalda mag‘lub bo‘lgan eding. «Barselona» bilan revansh ololaman deb o‘ylaysanmi?

– Albatta. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish — mening bosh orzuim. Men bunga juda yaqin kelgandim, ammo ming afsuski, o‘shanda mag‘lub bo‘ldik. Men hali ham bu turnirda g‘olib bo‘lishni orzu qilaman. Har kuni aynan shu maqsad yo‘lida mehnat qilyapman, — dedi Adeyemi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 2015 yildan beri Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida zafar quchgani yo‘q. O‘tgan mavsumda Xansi-Diter Flik shogirdlari 1/4 final bosqichigacha yetib borib, Madridning «Atletiko» klubiga imkoniyatni boy berishgan edi.

Manba: Stadion.uz