«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes La Liganing bo‘lajak mavsumida jamoaning imkoniyatlari borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ko‘k-anorranglilar» Xansi-Diter Flik qo‘l ostidagi har ikkala mavsumda ham Ispaniya chempionatida g‘olib chiqishgan edi.
«Ketma-ket uchinchi La Liga titulini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Bizni murakkab mavsum kutmoqda, ammo agar birdamlikni saqlab, o‘z futbolimizga sodiq qolsak, buni yana uddalay olamiz», — dedi jarohatdan tiklanishda davom etayotgan Fermin Lopes Catalunya Radioga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumda «Barselona» 94 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi va Madridning «Real» klubini 8 ochkoga ortda qoldirdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0